Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Apr, 2010

Umar Shamsievdan sho'x tarona

Umar ShamsiyevEstrada olamida o'z o'rniga ega xonanda Ilhomjon Farmonovning umidli shogirdlaridan biri Umar Shamsiev ham ayni paytda shou-biznes olamida o'z o'rnini topib borayotgani hech kimga sir emas. Shu kunlarda Umar Shamsievning ajoyib bir taronasi fm to'lqinlari orqali yangrayotgani ko'pchilikni o'ziga rom qilgani tabiiy albatta.

Sho'x tarzda kuylangan ushbu qo'shiqning nomi «Lola» bo'lib, matni Sharifxon Vahobovga tegishlidir. Musiqasini esa Shamsiddin Holmatov bastalagan. Xonandamiz shu kunlarda viloyatlarimiz bo'ylab gastrol safarida bo'lgani uchunmi «Lola»ga klip ishlashning hozircha imkoni yo'qligi haqida ham aytib o'tdi. «Lekin imkon bo'ldi deguncha, ushbu taronaga klip ishlash bilan birgalikda yoz oylarigacha yana bir nechta sho'x taronalar tayyorlashni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman» deydi biz bilan bog'langan Umar Shamsiev.

Sharofiddin Togasharov tayyorladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *