Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Mart, 2013

Umar Shamsiev imtixonni yaxshi topshirdi!

Umar Shamsiev konsertXabaringiz bor, bugun umidli va iste’dodli xonanda Umar Shamsiev «Turkiston» san’at saroyida o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi lozim edi. Mana shu konsert dasturi ham eson-omon bo’lib o’tdi. Konsert dasturi bu xonandalar uchun qaysidir ma’nodagi imtixon hisoblanadi. Ushbu imtixonni Umar a’lo baholarga topshira oldi.

Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi Umar Shamsiev taklifiga binoan uning konsert dasturiga tashrif buyurdik va yelkama-yelka turib, Umarni qo’llab turdik. Ajoyib iste’dodli xonandaning ilk yakkaxon konsert dasturi albatta his-hayajonlarga boy bo’ldi va konsert dasturi kutilgandanda yaxshi bo’lib o’tdi. Bu bilan bemalol Umar Shamsievni muborakbod etishimiz mumkin. Avvaliga konsert zal to’lib ulgurmagan edi. Biroq, 1-2 qo’shiq ijro etib bo’linguniga qadar konsert zal ham muxlislar bilan to’lib toshdi. Konsert dasturi aksariyat hollarda boshlovchilar bilan birga o’tkaziladi. Bugungi konsertda ham boshlovchilar bo’ldi va ularni siz juda ham yaxshi taniysiz. Boshlovchilarning biri barchamizning sevimli aktrisamiz «Photo Cup» loyihasining 6-chempionati chempioni Shahzoda Muhammedova bo’lsa, yana biri iste’dodli xonanda Mashhurbek bo’ldi. Ularga yuklatilgan boshlovchilik vazifasi to’laqonli ado etildi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Konsert davomida «Comedy.uz» ko’ngilochar yigitlardan tashkil topgan kulgu jamoasi o’z chiqishlari bilan kelgan muxlislar kayfiyatini yanada ko’tardilar. Konsert dasturiga Umar Shamsievning hamkasblari Farruh Komilov, Ruhshona, Iroda Iralieva, Shohida Uzoqova, Otabek Mahkamov, Hilola Hamidova kabi bir qator san’atkorlar ham o’z tabriklari bilan tashrif buyurdilar. Biz yana bir bor Umar Shamsievni ilk yakkaxon konsert dasturini yuksak darajada o’tkaza olganligi bilan muborakbod etib qolamiz. Omad yor bo’lsin!

Quyida konsert jarayonidan eksklyuziv fotosuratlarni taqdim etmoqdamiz. Ushbu fotosuratlar mohir fotosuratchi Sardor Xasanov tasvirga tushirdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 594 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *