Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Umar Shamsiev ham konsert bermoqda!
8 Fev, 2013

Umar Shamsiev ham konsert bermoqda!

Umar Shamsiev konsertXushovoz xonanda Umar Shamsiev ham o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etish fursati yetganini anglab yetdi, shekilli konsert tayyorgarliklarini boshlab yubordi. 10 mart kuni soat 15:00 hamda 19:00da Turkiston saroyida bo’lib o’tadigan konsert dasturi «Bahordan salom» deb nomlanadi.

Aslida bir necha yildan buyon ijod qilib keladigan Umar Shamsiev yakkaxon konsert dasturini avvalroq ham taqdim etishi mumkin edi. Biroq, mana 2013 yilda u konsert dasturi taqdim etishga tayyor ekanligini his etdi. Darhaqiqat so’nggi paytlarda Umar Shamsiev bir qator yaxshi qo’shiqlar chiqardi, ularga kliplar suratga tushirdi. Hozirgi kunda o’z nomiga, o’z uslubiga ega bo’lgan Umar Shamsievni mart oyida haqiqiy imtixon kutib turibdi. Imtixondan Umar qay darajada o’ta olishini esa albatta vaqt ko’rsatadi. Biz esa o’z o’rnida Umar Shamsievga omad tilagan holda, u bilan doim birga ekanligimizni ma’lum qilib qolamiz. Olg’a Umar, ilk konsert muborak bo’lsin!

Umar Shamsiev konsert


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 294 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *