Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ulug’bekning «Sog’inib» klipi jarayonidan…
23 Apr, 2013

Ulug’bekning «Sog’inib» klipi jarayonidan…

Ulug'bek Rahmatullaev - Sog'inibBarchaga birdek ma’lumki, Ulug’bek Rahmatullaev imkon qadar har bir klipini mini film shaklida suratga tushirishga harakat qiladi. Bu safargi klip ham xuddi shunday tarzda suratga olinmoqda. Tabiiyki, bu kabi kliplarni suratga olish biroz mushkul. Fikrimiz tasdig’i sifatida klipni suratga olish jarayoni 24 soat tinimsiz davom etganligini aytishimiz mumkin.

Natijada klipni suratga tushirayotgan Yodgor Nosirovning tobi qochib qoldi va shifoxonaga olib borishga to’g'ri keldi, deb xabar beradi Ulug’bek Rahmatulalev. Havotirga o’rin yo’q. Hammasi joyida, shunchaki uzoq muddat dam olishsiz ishlashdan kelib chiqqan toliqish bu. Mana shunday qiyinchiliklar asnosida dunyoga kelayotgan klip ham a’lo darajada chiqadi, degan umiddamiz. Klip romantik sahnalarga boy bo’lib, tomoshabinni o’ziga «mix»lab qo’yadi. «Sog’inib» taronasiga ishlanayotgan klipda siz Sherzod Bin, Sitora Alimjonova, Xusan kabi iste’dod egalarini ko’rishingiz mumkin. Klip rejissori yuqorida aytganimizdek, Yodgor Nosirov. Klip ssenariysi taniqli shoumen Jamshid Xojiniyozovga tegishli. Endi esa fotosuratlarga navbat.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 524 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *