Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ulug’bekning «Sog’inib» albomi sotuvda!!!
12 Apr, 2014

Ulug’bekning «Sog’inib» albomi sotuvda!!!

Ulug'bek Rahmatullaev - Sog'inib albomEstradamizning bugungi kundagi eng mashhur xonandasi, yaqin do’stimiz Ulug’bek Rahmatullaevdan ajoyib yangilikni sizlarga yetkazishdan mamnunmiz. Ulug’bek Rahmatullaev o’zining «Sog’inib» nomli yangi CD albomini hamda ushbu nomli konsert dasturining DVD disklarini sotuvga chiqardi.

«Ohang media» studiyasi tomonidan sotuvga chiqarilgan mazkur disklarni anchadan buyon muxlislar kutishayotganligi sir emas edi. Aslida, disklar sotuvga chiqqaniga bir necha kun bo’ldi. Kuni kecha Ulug’bek bizga ham ushbu albomi sovg’a tarzida taqdim etdi. E’tibor uchun tashakkur Ulug’bek!!!

Ana endi bevosita sotuvga chiqarilgan albom va konsert dasturi disklari haqidagi ma’lumotlarga to’xtalib o’tsak. «Sog’inib» albomidan 19ta trek o’rin olgan bo’lib, ularning har birini miriqib bir necha marotabalab toxtamasdan tinglash mumkin. Tinglovchini ko’ngliga tegmaydigan taronalar mujassam bo’lgan mazkur diskni qo’lga kiritishga oshiqishni tavsiya qilamiz. Zero, albom disklari soni chegaralangan.
2013-yil so’ngida «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etilgan yakkaxon konsert dasturi disklari ham sotuvda. Ushbu konsert haqida ortiqcha ta’rif berishni istamayman. Faqat va faqat maqtovli so’zlarni yozaversak, muxlislar ko’ngliga ham tegib qolish hech gap emas. Tinglovchi, tomoshabin va muxlis o’ziga kerakligini albatta topib oladi. Qaysi konsert dasturi qanday o’tganligini ham hamma juda yaxshi biladi. Shaxsan meni fikrimcha Ulug’bek mazkur konsert dasturini juda ham a’lo darajada o’tkazdi. Ishonamizki mazkur yilgi konsert dasturi ham avvalgisidanda yaxshiroq o’tadi. Omad yor bo’lsin, Ulug’bek!!!

Ulug'bek Rahmatullaev - Sog'inib albom


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 633 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *