Ulug'bekning konsertidan fotosuratlar va yangi qo'shiq!
2012 yil 26-27 oktyabr kunlari «Istiqlol» san'at saroyida Ulug'bek Rahmatullaev o'zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor albatta. Mazkur konsert dasturidan bir qator fotosuratlar taqdim etib ulgurilgan bo'lsada, bugun yana yangi, hech qayerda taqdim etilmagan fotosuratlarni siz azizlarga taqdim etishga qaror qildik.
Ayni damda yangi hitlarni tayyorlash ustida bosh qotirayotgan Ulug'bekdan «Yomg'irlar» nomli qo'shiqni ham bugun portalimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi. Mazkur tarona ilk bor «Layloyimsan» nomli konsert dasturida ijro etilgan edi va o'shanda zalga to'plangan muxlislar ushbu qo'shiqni juda ham yaxshi qarshi olishganligi ham sir emas. Marhamat, «Yomg'irlar» taronasini hamda konsert dasturidan yangi fotosuratlarni qarshi oling!
Ulug'bek Rahmatullaevning «Yomg'irlar» taronasini ko'chirib olish uchun yo'llanma