Ulug’bekning konserti Namanganda anshlag bo’ldi!
Ulug’bek Rahmatullaev davlat tadbirlarida ham, el xizmatida ham, do’st va hamkasblarining to’ylarida ham, ijodiy izlanishda ham faollik ko’rsatib kelmoqda. Deyarli har kuni Ulug’bekdan birorta yangilik eshitamiz. Mana kuni kecha Ulug’bek Rahmatullaev Namangan viloyatida katta konsert dasturini taqdim etdi.
3-sentyabr kuni Namanganda joylashgan «Navbahor» stadioinida bo’lib o’tgan Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturi haqiqiy anshlag tarzda, odamlar bilan to’lgan stadionda bo’lib o’tdi. Ulug’bek konsertga tashrif buyurgan muxlislari uchun o’zining ommabop taronalar bilan bir qatorda, yangi taronalarini ham ijro etdi. Konsert davomida omadli muxlislar Ulug’bek Rahmatullaev bilan fotosuratlarga tushishga va uning dastxatini olishga ham ulgurdilar. Ushbu konsert davomida olingan bir qator fotosuratlarni sizning e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Marhamat, tomosha qiling!!!