Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ulug’bekning 2014-yilgi konsert dasturidan foto-reportaj!!!!
18 Okt, 2014

Ulug’bekning 2014-yilgi konsert dasturidan foto-reportaj!!!!

Ulug'bek Rahmatullaev 2014 konsertXabaringiz bor mana 3 kundan buyon Ulug’bek Rahmatullaev o’zining yakkaxon konsert dasturini muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etmoqda. Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi Ulug’bek Rahmatullaevning konsert dasturi 2-kuniga tashrif buyurdik. Mana shu kundan tayyorlangan foto reportajni havola qilamiz.

Yildan-yilga Ulug’bek Rahmatullaev o’z yakkaxon konsert dasturi kunlari sonini ham, sifatini ham oshirib bormoqda. Bu yilgi konsert dasturi avvalgilaridanda chiroyli, qiziqarli va a’lo darajada o’tdi. Konsert zal muxlislar bilan to’lib toshgan, birorta ham bo’sh o’rindiq topa olmaysiz. Haqiqiy anshlag tarzda o’tgan mazkur konsert dasturidan Ulug’bek Rahmatullaevning eng sara va yangi taronalari o’rin oldi. Qo’shiqlarning bir nechtasini jonli tarzda maromiga yetkazib ijro eta oldi Ulug’bek! Kecha, ya’ni 17-oktyabr kuni bo’lib o’tgan konsert dasturiga Lola, Ziyoda, Umidaxon kabi estradamiz yorqin yulduzlari tashrif buyurishdi. Ular o’z hamkasblarini qo’llab-quvvatlab turdilar. Konsert davomida Davron Kabulov o’z hazillari bilan chiqish qilib, tashrif buyurgan muxlislarni kayfiyatini yanada yuqoriga ko’tarib turdi. Bu yilgi konsert dasturidan duet tarona o’rin oladimi, degan savolga Ulug’bek «Ha, lekin kim bilan duet kuylashimni hozircha aytmayman» — deb javob bergan edi. Buni ham bilib oldik, bu yilgi Ulug’bekning duetdoshi «Bojalar» guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov bo’ldi. Xullas, bir so’z bilan aytganda, konsertga tashrif buyurmaganlar armonda qoladigan bo’ldilar… Shaxsan men konsert dasturiga tashrif buyurib, mazza qilib dam oldim!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Boymuhammedov tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 398 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *