Ulug'bek xalq artisti bilan duet kuyladi!
Bugungi kunning eng nomdor xonandalari ro'yhatida munosib o'rin egallab borayotgan Ulug'bek Rahmatulalev 2012 yilda ketma-ket duet taronalar ijro etib, o'z muxlislarini xushnud etmoqda. Birinchi duet tarona Rayhon bilan ijro etilganidan xabaringiz bor…
Ikkinchi duet tarona esa O'zbekiston Respublikasi xalq artisti G'ulomjon Yoqubov bilan birgalikda kuylandi. Bu Rahmatullaevning 2012 yildagi ketma-ket ikkinchi duet taronasi hisobalanadi. Rayhon bilan birgalikda ijro etilgan tarona «O'qilmagan kitob» deb nom olgan bo'lsa, G'ulomjon Yoqubov bilan ijro etilgan qo'shiqni retro chekinish, desak ham bo'laveradi. Zero, «Shohista» deb nom olgan ushbu taronani biz juda ham yaxshi bilamiz. Bu tarona bundan bir necha yillar ilgari ustoz san'atkor G'ulomjon Yoqubov tomonlaridan ijro etilgan edi. Endi esa yangi kuy va ohanglarda Ulug'bek Rahmatullaev bilan duet tarzida ijro etildi. Ushbu taronalarni siz quyidagi yo'llanmalar orqali ko'chirib olishingiz mumkin.
Darvoqe, Ulug'bek Rahmatullaev va Rayhon ijrosidagi «O'qilmagan kitob» qo'shig'ini Rayhonning yakkaxon konsert dasturida ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Ulug'bek Rahmatullaev va G'ulomjon Yoqubov — Shohista taronasini ko'chirib olish
Ulug'bek Rahmatullaev va Rayhon — O'qilmagan kitob taronasini ko'chirib olish
супер песня