Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Yan, 2012

Ulug'bek va Rayhonning «O'qilmagan kitob»i…

Ulug'bek Rahmatullaev va RayhonO'zbek estradasining yorqin ikki yulduzi birgalikda yangi ijod namuna yaratsa, odatda bu ijod mahsuli so'zsiz ommalashadi. So'nggi yillarning eng yaxshi erkak va ayol xonandalarining birgalikdagi ijodiy ishi ham barchaning diqqat markazidan o'rin egallashiga shubha yo'q. Demak, Rayhon va Ulug'bek Rahmatullaevning «O'qilmagan kitob»i haqida…

So'nggi paytlarda ancha mish-mishlarga sabab bo'layotgan, turli noto'g'ri ma'lumotlar tarqalayotganligi sababli aslida sir saqlanayotgan duet tarona haqida barchasini oshkor aytish vaqti keldi. Ko'pchilikni bir savol qiziqtirishi tabiiy… Bu duet tarona kuylanish taklifi kimdan tushdi? Umuman olganda bunday ijodiy kelishuv yuzaga kelishiga nima sabab bo'ldi? Savollarga javob olish maqsadida biz Ulug'bek Rahmatullaev bilan suhbatashdik. Xabaringiz bor, Rayhon hozirda «Vodiy sadosi» radiosida o'zining mualliflik radiodasturini olib bormoqda. Bu dasturda doim yurtimizning ko'zga ko'ringan yulduzlari mehmon bo'ladilar. Mana shu dasturlarning biriga Rayhon Ulug'bek Rahmatullaevni ham taklif etdi. Suhbat davomida Rayhonning Ulug'bek Rahmatullaev haqidagi fikri ancha o'zgarganligi va radio tinglovchilaridan birining birgalikda duet kuylasangiz bir-biringizga mos tushadi ijodingiz, degan taklifi yangi duet taronani dunyoga kelishiga sabab bo'ldi. Ikki ijodkor esa bu muxlisning taklifini inobatga olgan holda duet tarona kuylash haqida kelishib olishdi. Oradan ko'p o'tmay Rayhon musiqasi, Zafar Qodirov aranjirovkasi bilan «Aldandim» yoki «O'qilmagan kitob» taronasi «Pan Terra» studiyasida yozildi. Qo'shiq 2 xil nom bilan nomlandi va muxlislarning fikriga ko'ra ikkisidan biri asosiy nom sifatida qabul qilinadi. 27-yanvar kuni soat 18:20da «O'zbegim taronasi» va barcha boshqa radiolarda mazkur qo'shiq prem'erasi bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Yana bir ma'lumot, Ulug'bek Rahmatullaev nomidan odnoklassniki saytida 47ta profil ochilganidan xabar topgan Ulug'bek va nihoyat o'zining shaxsiy profilini tashkil qilishga qaror qildi. Kuni kecha Ulug'bek Rahmatullaev ham ushbu saytdan ro'yhatdan o'tdi. Siz haqiqiy Ulug'bek Rahmatullaev bilan suhbatlashishni istasangiz u holda ULUGBEK5 Original nomini izlang!!!

Ulug'bek Rahmatullaev va Rayhon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *