Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Dek, 2011

Ulug'bek Rahmatullaevning yil sarhisobi…

Ulug'bek Rahmatullaev2011 yil o'zbek shou-biznesi juda ham shiddat bilan kuchli raqobatlar ostida o'tdi. Ularning orasidan yorib chiqa olganlar qatoriga shubhasiz Ulug'bek Rahmatullaevni qo'shishimiz mumkin. U 2011 yilda bir nechta hit taronalar, ajoyib kliplari bilan barchani tahsiniga sazovor bo'la oldi.

Biz Ulug'bek Rahmatullaevning 2011 yilda amalga oshirgan barcha ijodiy ishlarini kichik bir hisobot tarzida siz aziz muxlislarga havola qilishga qaror qildik. Xabaringiz bor yil boshidan boshlab Ulug'bek Rahmatullaev  o'zining «Ko'rmadim» taronasi va unga ishlangan mutlaqo yangicha uslubdagi klipi bilan bu yildagi asosiy qadamlarini boshladi. Oradan bir oy vaqt o'tar-o'tmas Ulug'bek Istiqlol saroyida bo'lib o'tgan «SB.uz 5-yoshda!» gala-konsert dasturida ilk bor ijro etgan «Ko'zlaringga qarab» nomli navbatdagi hitiga ishlangan videoklipni bizning portalimiz orqali taqdim etdi. Bu qo'shiq va unga ishlangan klip juda ham qisqa fursatda ommalashishga ulgurdi. Iyun oyida esa «Ko'zlaringga qarab» taronasining ma'yus ohangdagi talqinini ham fotosuratlar slayd-shousidan tashkil qilgan videolavhani havola qildi. Bu holatni shunchaki oddiygina lirik chekinish, deya qabul qilish maqsadga muvofiq edi. Chunki, bu taronaning ortidan haqiqiy «ijodiy BOMBA» tayyor turgan edi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, millionlab qo'shiq shinavandalarini qalbini bemor qilgan «Bemor» taronasi tayyor bo'layotgan edi. Iyul oyining o'rtalarida «Bemor» taronasiga Narimon Sultonxo'jaev tomonidan suratga olingan ajoyib va antiqa videoklip suratga tushirildi. Biroq, klip tayyor bo'lguniga qadar Ulug'bek Rahmatullaevning o'zi ham klipni tez orada ommalashib ketishiga u qadar ishonmadi. Buni qarangki, klip TV kanallarida namoyish etilguniga qadar bizning portalimiz va sotuvga chiqqan kliplar to'plamlari orqali tarqalib, muxlislar qalbini bemor qilishga ulgurdi. «Bemor» klipidagi hatti-harakatlar esa tomoshabinlarni nafaqat kuchli yumorga chorladi, balki harakatlarni takrorlab ko'rishga ham undadi. Mazkur holat albatta klipmeyker Narimon Sultonxo'jaev hamda xonanda Ulug'bek Rahmatullaevlarning yutuqlari bo'lib qoldi.
Yil yakuniga yaqin esa Ulug'bek Rahmatullaev «bemor» bo'lgan muxlislarini, «Jonim» deya yupatib, ajoyib hit taronani taqdim etdi. Noyabr oyi oxirlarida taqdim etilgan ushbu klip ham «Bemor» klipi singari muvaffaqiyat qozona oldi, deb aytsak xato qilmasak kerak. Zero, bu klipda ilgari surilgan g'oya ham e'tiborni torta oladigan g'oya edi. Mana shu yo'sinda, yoshlarning sevimli xonandasi Ulug'bek Rahmatullaev 2011 yilda rejalashtirgan deyarli barcha maqsadlarini amalga oshirdi. Ulug'bekning qo'shiqlari shunchaki ijro etildi va yoddan chiqdi, deb fikrlaganlar mutlaqo xato qiladilar. Chunki, uning yil davomida qilgan har bir harakati e'tiborsiz qolmaydi. Aynan bizning portalimiz tomonidan uyushtirilgan so'rovnomalar bo'yicha yil davomida bir necha bor hit-paradlarni cho'qqisini egallagan bo'lsa, yil yakuniga ko'ra hozirda o'tkazilayotgan yilning eng yaxshilari orasida Ulug'bek bir qator yo'nalishlarda g'oliblikka davogarlik qilmoqda. Ishonamizki, natija e'lon qilinganda ham biz ushbu xonandani g'oliblar safida ko'ramiz.
2012 yilda ham Ulug'bek Rahmatullaev ijodiy faolligini anchayin kuchaytirish niyatida. Biz bugun Ulug'bek Rahmatullaevning o'tib borayotgan yilda amalga oshirgan ijodiy faoliyati haqida qisqagina to'xtalib o'tdik. So'zimiz yakunida esa Ulug'bekning nomidan barcha muxlis va muxlisalarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etib qolamiz!

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *