Ulug'bek Rahmatullaevning yangi fotosuratlari…
Serqirra ijodkor Ulug'bek Rahmatullaev portalimiz foydalanuvchilari uchun eksklyuziv ravishda yangi fotosuratlarini taqdim qildi…
Ulug'bek Rahmatullaev shu kunlarda «Sensiz» nomli yangi mahzun ohangdagi qo'shiq ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, yangi 3-albomini ham tez orada sotuvga chiqarishni rejalashtirgan. Albomdan 14 tarona egallaydi. Nomi esa 2009 yilda hit darajasigacha ko'tarilgan va katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan tarona «Kapalak» nomiga qo'yilgan. Ulug'bek Rahmatullaevning yangi fotosuratlari va uning yangi ko'rinishiga o'zingiz baho bering. Tez kunda Ulug'bekning yangi fotosuratlari portalimizning «Fotogalereya» bo'limidan joy egallaydi.