Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Yan, 2009

Ulug’bek Rahmatullaevning tavallud kunidan…

Ulug'bek Rahmatullaev tug'ilgan kunidan29 yanvar kuni «Nihol» mukofoti sovrindori, 2007 yilda «M&TVA» taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi» nominatsiyalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan xonanda Ulug’bek Rahmatullaev yaqinlari va do’stlari davrasida o’zining 27 bahorini qarshi oldi. Tavallud kun tafsilotlari va eng sara fotosuratlarni havola qilamiz.

Ulug’bek Rahmatullaev tug’ilgan kunini bu yil o’z xonadonida yaqinlari va do’stlari davrasida nishonladi. Qiziqarli holatlarga boy bo’lgan tug’ilgan kunda Ulug’bek Rahmatullaevning o’zi kech qolib tashrif buyurdi. Soat 17:00ga taklif etilgan mehmonlari Ulug’bekni 18:30larda kutib olishdi. Birinchilar qatorida SB.uz portali ijodkorlari tashrif buyurishdi. Undan keyin esa Ulug’bekning gitaristlari Jasur va Bahrom kelishdi. Ana undan keyin esa Ulug’bekning o’zi keldi. Shundan so’ng, avval xabar berganimizdek 19:00dan 20:00gacha Ulug’bek Rahmatullaev o’zining muxlislari bilan telefon orqali on-line aloqaga chiqdi. Uni ushbu unutilmas kun bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Koreya, Xitoy, Fransiyadagi muxlislari telefon qilib muborakbod etishdi. Respublikamizning barcha viloyatlarini aytmasa ham bo’ladi. Unutilmas kun kechasi soat 01:00ga qadar davom etdi. Tug’ilgan kunga Bobur Bobomurod, Iqbol Muhammadjonov, Sardor Rahimxon, Davron Ergashev, Umida Mirhamidova, Sherbek, Alisher Rahmatullaev Olimxo’ja Azimov va boshqalar o’zlarining esdalik sovg’alari bilan Ulug’bekning xonadoniga qadam ranjida qilishdi. Ammo ba’zi sabablarga ko’ra Ulug’bek Rahmatullaevning do’sti hisoblangan Sardor Rahimxon soat 21:00lar atrofida ketishi kerakligini aytib davrani tark etdi. Bundan Ulug’bek hech ham ranjiga yo’q. Chunki boshqa qadrdonlari yonida edi. Umuman olganda tug’ilgan kun anchayin ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Yana bir qiziqarli holatlardan biri shu bo’ldiki, barcha mehmonlar tarqaganidan so’ng, Ulug’bek o’zining gitaristlarini va bizni Uyimizgacha eltib qo’ydi. Chunki Ulug’bekning o’zi Nazarbekda istiqomat qiladi. U yerdan kechasi qaytish juda qiyinligini yaxshi tushungan edi. Ulug’bekning kelgusi ijodi va ishlariga ulkan zafarlar tilab u bilan hayrlashdik. Endi esa fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulug’bek Rahmatullaevning padari buzrukvorlari Ibrohim aka!

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Ulugbek Rahmatullaev tugilgan kunidan

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 159 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *