Ulug'bek Rahmatullaevning rasmiy sayti ochildi!
Endi Ulug'bek Rahmatullaevning ashaddiy muxlislari har kuni kiradigan manzil ham tayin bo'ldi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, xonandaning rasmiy sayti bugundan e'tiboran o'z faoliyatini boshladi. Bu Ulug'bekning ijodidagi yana bir qadam siljishdan darak beradi. Aslida bundan bir qancha vaqt avvalroq ochilishi lozim bo'lgan sayt, bugun keng ommaga taqdim etilmoqda.
«COOL» — dizayn studiyasi o'zbek estradasi vakillarining rasmiy saytini tashkil qilish bo'yicha omma e'tiborini qozonib ulgurdi. Navbatdagi rasmiy sayt ham aynan «COOL» — dizayn studiyasi tomonidan tashkil etilganligi e'tiborga molik. Saytdan Bosh sahifa, Biografiya, Audio, Video, Fotoalbom hamda Fan-klub kabi sahifalar o'rin olgan. Bu yerdan siz Ulug'bekning ijodiga oid barcha ma'lumotlarni topishingiz mumkin bo'ladi. Demak, www.rahmatullaev.com manziliga tashrif buyurib, Ulug'bek Rahmatullaevning rasmiy saytiga baho berishingiz mumkin. Fikr-mulohazalaringizni shu yerda izoh tarzida qoldirishingiz yoki wwww.rahmatullaev.com saytining «Fan-klub» sahifasida yozib qoldirishingiz mumkin.
Ulug'bek Rahmatullaevning rasmiy saytiga tashrif buyurish uchun yo'llanma
Sizga ham shunday sayt kerak bo'lsa, «COOL» — dizayn studiyasiga murojaat eting!