Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Yan, 2009

Ulug’bek Rahmatullaevning «Onangiz… yagona» loyihasi disklarda…

Ulug'bek Rahmatullaev - Onangiz... yagona2008 yilda juda samarali ijod qilgan, «Nihol» mukofoti sovrindori hamda 2007 yilda «M&TVA» taqdirlash marosimida »Yilning eng yaxshi xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi» nominatsiyalarida g’olib deb topilgan Ulug’bek Rahmatullaev «Onangiz… yagona» loyihasini taqdim qilgan edi…

Ulug’bek Rahmatullaevning «Onangiz… yagona» loyihasidan so’ng ko’plab uning nomiga hatto chet elda yashaydigan onalar nomidan tabrik xatlari kelmoqda. Bu albatta quvonarli holat. Endilikda ushbu loyiha CD PROFI hamda NIRVANA do’konlari hamkorlikda disk shaklida aynan «NIRVANA» do’konlariga chiqarildi. Hali o’zbek shou-biznes olamida birigina trekni disk qilib chiqarilish holati bo’lmagan. Ulug’bekning ushbu loyihasi albom sifatida chiqarilsada, ammo sotilmaydi. U holda qanday qo’lga kiritish mumkin,-degan savol tug’iladi… Nirvana do’konlaridan biriga tashrif buyurib, birorta disk harid qiling va harid qilgan diskingizga qo’shimcha sovg’a sifatida Ulug’bek Rahmatullaevning «Onangiz… yagona» loyihasi yozilgan diskni qo’lga kiritasiz.

Agarda siz ham Ulug’bek Rahmatullaevga o’z fikr va mulohazalaringizni bildirishni istasangiz (+99897) 7046606 hamda (+99871) 2737374 raqamlariga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Ulug'bek Rahmatullaev - Onangiz... yagona

Ulug'bek Rahmatullaev - Onangiz... yagona


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *