Ulug’bek Rahmatullaevning konserti 3 kun bo’ladi!!!
Xabaringiz bor, Ulug’bek Rahmatullaev oktyabr oyi oxirida o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Biroq, endi konsert kunlari 2 kun emas, 3 kunga ko’paytirildi. Bu albatta minglab muxlislarning talab va istaklari sabablidir. Konsert chiptalari sotib bo’linganligi bois yana bir kun qo’shildi.
Yana bir o’zgarishni alohida ta’kidlab o’tishimiz lozim. Ulug’bek Rahmatullaevning konsert dasturi 28-29 hamda 31 oktyabr kunlari soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadi. Konsertning 27 oktyabr kuniga mo’ljallangan kuni ba’zi texnik sabablarga ko’ra 31 oktyabr kuniga ko’chirilgan bo’lsa, qo’shimcha kun tarzida 29 oktyabr sanasi qo’shildi. Barcha san’at ixlosmandlarini 28-29-31 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadigan Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturiga taklif qilib qolamiz. Marhamat, unutilmas konsert dasturiga tashrif buyuring va vaqtingizni mazmunli o’tkazing!!!