Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Sen, 2010

Ulug'bek Rahmatullaevning konsert dasturi haqida…

Ulug'bek RahmatullaevUlug'bek Rahmatullaev bir necha kundan keyin o'zining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim qilishidan xabaringiz bor. Konsert dasturi haqidagi bir nechta sirlarni SB.uz portali foydalanuvchilari uchun bugun oshkor qilamiz.

Ulug'bek Rahmatullaev konsert dasturiga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. 23-24 sentyabr kunlari Ulug'bek Rahmatullaev «Istiqlol» san'at saroyi sahnasida sahnadagi repetitsiya jarayonini boshlashi ko'zda tutilmoqda. Shuningdek, Ulug'bek Rahmatullaev o'zining konsert dasturida milliy yo'nalishda yaratgan bir nechta qo'shiqlarini taqdim qiladi. Qo'shiq kuylash bilan birga ilk bora Ulug'bek o'zbek milliy asboblaridan biri bo'lgan rubobni chalib chiqadi ham. Hozirda rubob chalish bo'yicha maxsus dars olishni ham kanda qilmayabti. Sizni boxabar qilmoqchi bo'lgan sirlarimiz hozircha shular. Qolganini esa 25 sentyabr kuni konsert dasturiga shaxsan tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *