Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 May, 2011

Ulug'bek Rahmatullaevning «Bemor»i…

Ulugbek RahmatullaevO'zbek shou-biznesining yorqin vakillaridan biri Ulug'bek Rahmatullev endi xonandalikdan shifokorlikka o'tadi, shekilli… Bunday deyishimizga sabab Ulug'bek Rahmatullaev navbatdagi qo'shig'ini nomini «Bemor» deb nomladi.

Tez kunda muxlislar uchun Ulug'bek o'zining yangi «Bemor» deb nomlangan qo'shig'ini taqdim etadi. Qo'shiq musiqasi va aranjirovkasi Ahmad Hojimatov ijodiga mansub. Mazkur taronaga ham sevimli xonandamiz klip suratga olishni rejalashtirilib, suratga olish uchun tayyorgarliklar boshlab yuborgan. Klip rejissori yana o'sha siz bilgan Narimon Sultonxo'jaev bo'ladi. Agar ahamiyat bergan bo'lsangiz, bu klip Ulug'bek Rahmatullaevning bu yil suratga tushirgan uchinchi klipi bo'ladi. Bu, xonanda ijodga jiddiy kirishgan degani. Bunday holat muxlislarni quvontirmay qolmasligi aniq.

Yana bir qo'shimcha ma'lumot: Ulug'bek Rahmatullaev butun O'zbekiston bo'ylab 10 kunlik gastrol konsert dasturini boshlab yubordi. Yaqin kunlarda barcha viloyatdagi muxlislar Ulug'bekning ijodidan bahramand bo'lishilari mumkin bo'ladi.

Ulugbek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *