Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Okt, 2008

Ulug’bek Rahmatullaevdan yangicha albom!!!

Ulugbek RahmatullaevO’z uslubiga, o’z imijiga, o’z do’stiga ega bo’lgan Ulug’bek Rahmatullaev endi yangicha albomga ham ega. Bu albomning boshqalaridan farqi shundaki, undan xonandaning nafaqat qo’shiqlari, kliplari, balki fotosuratlari ham o’rin olgan. Qiziq-a? Unda batafsil ma’lumotga ega bo’ling!

Ulug’bek Rahmatullaev o’zgacha tarzda ijod qilishidan xabaringiz bor. Uning har bir qo’shig’ida ham qandaydir o’zgacha nolalar, o’zgacha so’zlar mavjud. Kliplari ham xuddi xorijiy kliplarga o’xshab ketadi. Endi esa uning albomi ham o’zgacha tarzda chiqarildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, albomdan Ulug’bekning qo’shiqlari, kliplari va fotosuratlari o’rin olgan. Hech bir xonandaning fotojamlanmasi keng ommaga disklar orqali sotuvga berilmaganligini hammamiz bilamiz. Ulug’bekda esa aksincha! «Sen ketding…» deb nomlangan mazkur albomdan Ulug’bek Rahmatullaevning 17 ta yangi taronasi o’rin olgan. Shuningdek, «Sevma» albomiga kiritilgan 13 ta qo’shiqni ham shu albomda ko’rishingiz mumkin. «Sen ketding…» taronasiga ishlangan klip va fotosuratlar esa bonus tarzida albomga kiritilgan. Xonanda yangi albomini eng birinchi bo’lib, birinchi raqamli portalga, ya’ni SB.uz portaliga taqdim etdi.

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *