Ulug'bek Rahmatullaevdan yangi loyiha «Ko'rmadim»…
13 yanvar kuni «Nihol» mukofoti sovrindori Ulug'bek Rahmatullaev o'zining navbatdagi uzoq kutilgan loyihasini taqdim qiladi…
Ulug'bek Rahmatullaev 13 yanvar kuni FM 105,8 MHz «Zamin» radiosi orqali «Ko'rmadim…» nomli yangi ijod namunasini muxlislar hukmiga havola qilishni rejalashtirgan. Darvoqe, 2010 yilda Ulug'bek Rahmatullaev tomonidan taqdim qilingan «Kapalak» nomli ilk yakkaxon konsert dasturi «Yilning eng quvnoq konsert dasturi» nominatsiyasida g'olib bo'ldi. Ulug'bek Rahmatullaevning keyingi ijodiga omad tilaymiz.