Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Iyun, 2010

Ulug'bek Rahmatullaevdan uzoq kutilgan voqea!

Ulugbek RahmatullaevMahzun qo'shiqlar qiroli nomiga ega bo'la olgan Ulug'bek Rahmatullaev safarga jo'nab ketayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun esa Ulug'bek Rahmatullaev ko'plab muxlislarning, shuningdek radio stansiyalarning talab va istaklariga muvofiq, «Sensiz yashay olarman» nomli qo'shig'ini taqdim qilishga rozi bo'lgani haqida xabar berdi…

Ulug'bek Rahmatullaevning yangi hit qo'shig'ini 19 iyun kuni barcha FM to'lqinlari orqali tinglashingiz mumkin. Qo'shiqning so'zi yosh shoir Renis Meshayan, musiqasi esa Ulug'bek Rahmatullaevning bastakori, «Sen ketding», «Kapalak» taronalarining musiqalarini bastalagan Bahtiyor Sobirovga tegishli. Shu o'rinda qiziq savol tug'ilishi tabiiy. Ulug'bek Rahmatullaevning ushbu taronasi nima sababdan aynan «Sensiz yashay olarman» deb nomlandi ekan? Balki, uning sevgan yori tashlab ketganmikan a? Ulug'bek Rahmatullaev sevikli insoniga uylanmadimi? Shu kabi savollarga javobni 19 iyun kuni javob olishingiz mumkin.

P.S.: «Zamin FM» — soat 11:00, «Grand», «Poytaxt», «A'lo FM» soat 21:00 da. Shuningdek, «Oriat Dono» va «Navro'z» radiolari orqali ham huddi shu kuni prem'erasi bo'lib o'tadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 132 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *