Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Avg, 2010

Ulug'bek Rahmatullaevdan kutilgan prem'era!

Ulugbek RahmatullaevAyni damda o'zining «Kapalak» nomli ilk yakkaxon shou konsert dasturiga katta tayyorgarlik ishlarini olib borayotgan Ulug'bek Rahmatullaev muxlislariga navbatdagi hit qo'shiqlaridan biri bo'lgan «Sensiz yashay olaman» taronasiga ishlangan klipni konsertdan avvalgi sovg'a sifatida taqdim etishga tayyor!

Ulug'bek Rahmatullaevning navbatdagi taronasiga ishlangan klip prem'erasi 28 avgust kuni soat 21:30 da «TVM» telekanali orqali bo'lib o'tadi. Darvoqe, shuni ham eslatib o'tishimiz kerakki, «Sensiz yashay olarman» taronasining so'zini Renis Meshayan, musiqasini esa Ulug'bekning doimiy hamkori Bahtiyor Sobirovga tegishli. Endilikda ushbu taronaning mix ko'rinishi Dj. Climber (Jalol Rahimov) tomonidan tayyorlanmoqda. Shuningdek, Ulug'bek Rahmatullaevning konsert dasturi ustida katta bir ijodiy guruh ish olib bormoqda.

Konsert dasturining bosh xomiysi: O'zbekistonda birinchi raqamli bo'lgan «MTS» uyali aloqa kompaniyasi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *