Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Iyul, 2009

Ulug’bek Rahmatullaevdan eksklyuziv loyiha!

Ulugbek Rahmatullaev«Mahzun qo’shiqlar qiroli» nomiga munosib xonanda Ulug’bek Rahmatullaev muxlislari va umuman barcha san’atni sevguvchi insonlarga eksklyuziv loyihani taqdim qiladi. Agarda ushbu loyihada ishtirok etib g’olib deb topilsangiz, Ulug’bek Rahmatullaev bilan yuzma-yuz uchrashib bir dasturxondan ovqatlanib, esdalik sovg’alarini qo’lga kiritishingiz mumkin… Loyiha shartlari bilan hoziroq tanishing!

Loyihada barcha yoshdagilar ishtirok etishi mumkin. Siz Ulug’bek Rahmatullaevni konsertda, ko’chada, restoranda yoki umuman boshqa joyda suratga tushirganmisiz? Sizda Ulug’bek Rahmatullaevning kulguli yoki o’zgacha tarzda tushgan fotosurati bormi? Fotosuratni nima qilishni bilmaysizmi? Demak, siz loyiha ishtirokchisi bo’lishingiz mumkin. Ushbu fotosuratlarni Ulug’bek Rahmatullaevning shaxsiy elektron pochtasi (ulugbek5@mail.ru) ga yuboring. Xatlaringizni «Eksklyuziv loyiha» nomi ostida yuborishni yoddan chiqarmang! Fotosuratlarni Ulug’bek Rahmatullaevning o’zi saralaydi.

P.S.: Loyihaning sharti shundaki, fotosurat saytlardan ko’chirib olinmagan (ya’ni sayt logotiplarisiz) va Ulug’bek Rahmatullaevning shaxsiy fotosuratlaridan o’rin olmagan bo’lishi kerak.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *