Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Mart, 2009

Ulug’bek Rahmatullaev vodiydan qaytdi. (+ fotosuratlar)

Ulug'bek RahmatullaevO’zbek estradasining yorqin yulduzi hamda mahzun qo’shiqlar qiroli deb tan olingan Ulug’bek Rahmatullaev 9-13 mart kunlari vodiy bo’ylab o’zining «Sen ketding» deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etib qaytdi. Albatta ushbu konsert dasturi vodiy ahlining yuragida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Zero, barcha konsertlar anshlag tarzda o’tdi… Konsert dasturlarida suratga tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar hamda ularga yozilgan izohlar bilan hoziroq tanishib chiqishingiz mumkin…

Ulug’bek Rahmatullaev Andijon, Qo’qon, Farg’ona, Marg’ilon shaharlarida bo’ldi. Konsert dasturlari nafaqat saroylarda balki o’rta maxsus hamda oliy ta’lim muassasalarida ham taqdim etildi. Ulug’bek Rahmatullaev o’z konsert dasturlarini taqdim etish bilan birga vodiyning ko’plab TV hamda FM to’lqinlari orqali to’g'ridan-to’g'ri efirga ham chiqdi. Jumladan, «Taraqqiyot» telekanali, «Vodiy sadosi» yoshlar teleradiokanali, «Diydor» hamda «Yulduz FM» radiolarini misol qilib keltirish mumkin. Uyushtirilgan suhbatlarda konsert tafsilotlari va yangiliklar batafsil e’lon qilib borildi. Konsert tashkilotchilarining fikriga qaraganda, So’nggi 4 yil ichida uyushtirilgan yakkaxon konsert dasturlari bunchalik anshlag tarzda o’tmaganini alohida ta’kidlab o’tishdi. Gastrol safari haqidagi barcha ma’lumotlarni, fotosuratlar va ularga yozilgan izohlar orqali bilib olishingiz mumkin.

Ulugbek Rahmatullaev

Qo’qon shahri. Ulug’bek Rahmatullaev sartaroshxonaga kirib chiquniga qadar eshik tagini muxlislar egallab olishdi…

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Marg’ilon shahri. Eski Marg’ilon tibbiyot kolleji. Avval konsert dasturi kollejning anjumanlar saroyida o’tkazilishi rejalashtirilgan edi. Lekin tashrif buyurgan muxlislarning soni juda ham ko’pligi sababli kollejning hovlisida o’tkazishga kelishildi (Kollej hovlisiga Ulug’bek Rahmatullaevning 6 mingdan ziyod muxlisi yig’ildi).

Ulugbek Rahmatullaev

Fikrimizning aniq isboti fotosurat orqali ko’rinib turibdi.

Ulugbek Rahmatullaev

Farg’ona shahri. «City center» saroyi. Saroy ma’muriyatining ta’kidlashicha, so’nggi 4 yil ichida hech bir estrada xonandasi ushbu saroyni Ulug’bek Rahmatullaevchalik to’ldirmagan ekan. Bu albatta Ulug’bek Rahmatullaevning muxlislari ko’pligidan dalolat beradi…

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Konsert dasturiga nafaqat yoshlar, balki yoshi ulug’ insonlar ham tashrif buyurishdi.

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ashaddiy muxlislarini har doim Ulug’bek Rahmatullaev hurmat qiladi.

Ulugbek Rahmatullaev

«Vodiy sadosi» yoshlar teleradiokanali. To’g'ridan-to’g'ri efir jarayoni.

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Muxlislar Ulug’bekni o’rnilaridan turib, raqsga tushib olqishlab turishdi.

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

«Diydor» radiosi. Bu yerda ham to’g'ridan-to’g'ri efir jarayoni.

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

«Taraqqiyot» telekanali hamda «Yulduz FM» radiosi. To’g'ridan-to’g'ri efir… Xatto, Ulug’bek Rahmatullaev to’g'ridan-tog’ri efir ekanligiga ishonmadi. So’ngra studiyaga o’rnatilgan televizor orqali o’zini tomosha qilib, ishonch hosil qildi…

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Andijon Davlat universiteti. Anjumanlar saroyi.

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Barcha konsert dasturlaridan Ulug’bek Rahmatullaevning muxlislari turli plakatlar va yozuvlarni ko’tarib, Ulug’bekni hursand qilishdi…

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

P.S.: Ulug’bek Rahmatullaev 5 kun ichida vodiyning 14 joyida o’zining «Sen ketding» deb nomlangan konsert dasturini taqdim etdi. Konsert dasturi tashkilotchilari Ulug’bek Rahmatullaevning muxlislari ko’pligini ko’rib yaqinlashib kelayotgan «Navro’z» bayramiga ham taklif qilishdi. Ammo Ulug’bek poytaxtda xalq xizmatida bo’lishini ta’kidladi. Nasib qilsa, may oylarida yana vodiy bo’ylab gastrol safarini uyushtirishni rejalashtirib qo’yganini aytib o’tdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *