Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Avg, 2009

Ulug’bek Rahmatullaev Ulug’bek Qodirov bilan uchrashadi!

Ulugbek RahmatullaevKo’pchilik tinglovchilarning sevimli xonandasi Ulug’bek Rahmatullaev ijoddan bir soniya ham tingani yo’q. Yangi-yangi xit taronalar, kliplar… Xullas barchasi a’lo darajada. Ulug’bek o’z adashi bilan uchrashadigan bo’ldi. Qiziq, ular kinoga birga tusharmikan yoki so’nggi paytlarda kamnamo bo’lgan aktyor xonandaning klipida chiqarmikan?!

SB.uz ning doimiy hamkori «Bekajon» gazetasi bilan hamkorlikda «Yulduz bilan yuzma-yuz» tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlov shartlarini to’g'ri bajargan va g’olib deb topilgan muxlis sevimli yulduzi bilan shaxsan gaplashib dastaxat olish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Tanlovning ilk qahramoni Ulug’bek Rahmatullaev shaxsan o’zi tanlov shartlarini to’g'ri bajargan mushtariylar orasidan g’olibni aniqladi. Demak, Toshkent viloyati, Bo’ka shahrida istiqomat qiluvchi Ulug’bek Qodirov g’olib topildi. Tez kunda mazkur uchrashuv haqida batafsil ma’lumotlar yoritiladi. Xo’sh, aktyor Ulug’bek Qodirovning adashi kimligiga qiziqyabsizmi? Xonanda ashaddiy muxlisi bilan haqiqatdan uchrasharmikan? Unda portalimizning doimiy hamkori «Bekajon» gazetasini kuzatishni davom eting.
Shuningdek, «Bekajon» gazetasining 69-sonida quyidagi ma’lumotlarni o’qishingiz mumkin:
- Sitora Farmonova «Sunami — 2″ saundtrekini kuyladi!!! Sevinch kuylagan qo’shiqdan bunisi mashhur bo’larmikan?! Mish-mishlar girdobida qolgan aktrisa… Sitora Farmonovaning turmushga chiqqanligi rostmi? «Mabodo kelajakda umr yo’ldoshim san’atimga qarshi bo’lsa, dizaynerlikni boshlab yuborsam kerak…» Albatta o’qing!
- «Bu ko’zlar aldamaydi» — Go’dakni o’stirayotgan qiz nolasi…
- «Sevgidan buyuk tuyg’u» — kechirilmagan hiyonat…
- «So’nggi tomchi» — Shoh va uning xizmatkori sahroda suvga muhtoj. So’nggi tomchi kimga nasib etar ekan?
- «Och bo’rilar qurshovida hikoyasi» sizni befarq qoldirmaydi.
- «Sizni hafa qilishsa» — Ruhshunos maslahatlariga quloq tuting! Eng original va oddiy tavsiyalar…

Uyali telefon sohibi bo’lishni istaysizmi? Unda gazetada berilayotgan «Chopon kiygan ayol» davomli qissani o’qing! Tanlov shartlari siz o’ylagandan ham oddiy!

Bekajon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *