Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Sen, 2010

Ulug'bek Rahmatullaev uddalay olgan konsert!

Ulugbek Rahmatullaev25 sentyabr kuni o'zbek shou biznesining mega yulduzlaridan biri Ulug'bek Rahmatullaev uzoq kutilgan «Kapalak» nomli ilk shou konsert dasturini muhtasham «Istiqlol» san'at saroyida taqdim qildi…

Tan olish kerak, Ulug'bek Rahmatullaev konsert dasturi boshlanguniga qadar, kuchli his-hayajonni boshidan o'tkazdi. Chunki yakkaxon konsert dasturi ijodkorlari 5 kishidan iborat jamoa edi. Ko'plab insonlar Ulug'bek Rahmatullaevni bu darajada o'z konsert dasturini taqdim qila olmaydi,-deb taxmin ham qilishgan edi. Lekin Ulug'bek Rahmatullaev va uning erkaklar jamoasi bu ishni qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. Ulug'bek Rahmatullaevning ilk yakkaxon shou konsert dasturi haqiqiy ma'noda juda ko'tarinki tarzda o'tdi. Ulug'bek o'z zimmasiga boshlovchilik vazifasini ham olishi tahsinga loyiq. Shu paytgacha hech bir san'atkor bu og'ir vazifani o'zi uddalay olmagan edi. Bu ham qaysidir ma'noda yangiliklardan biri bo'la oldi. Ulug'bek Rahmatullaev konsert dasturida 20 dan oshiq qo'shiqlar ijro qilgan bo'lsa, shulardan 5 tasi yangi taronalardir. Shuningdek, Shohruh ijrosidagi duet ham ilk bor katta sahnada ijro qilindi. Ulug'bekning qo'shiqlari mavzusi ham yoshlarga ham yoshi ulug' insonlarga birdek mos tushishi bu konsert dasturini yaxlit bir kompozitsiya bo'lishiga zamin yaratdi,-desak aslo adashmaymiz. Ayniqsa, Ulug'bek Rahmatullaev ijrosidagi milliy ohangdagi kuy-u qo'shiqlar, shunchalar mohirona tarzda ijro qilinganligi sababli, saroyga tashrif buyurgan onaxonlarni ham raqsga tushishiga majbur qildi. Dunyodagi barcha onalarga bag'ishlab aytgan «Onangiz… yagona» monologi barchaning yuragini ta'sirlantirdi va butun monolog davomida barcha onalar ko'zlarida yosh bilan qarshi olishdi. Ulug'bek Rahmatullaev shu kuni ikki «Jasmir» (Jasur Nishonov) va Dilmurod Sharipov ismli shogirdlarini ham ilk bor katta sahnaga olib chiqdi. Ularning yakkaxon ijrosidagi qo'shiq shu kunning o'zida o'z tinglovchilarini topa oldi. Konsert dasturiga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxonning tashrif buyurib, Ulug'bekni ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim qilayotgani bilan qutlashi barcha uchun kutilmagan xol bo'ldi. Sardor Rahimxon ijrosidagi «Ana-mana» taronasi ham barchaga manzur bo'ldi. Umumiy xolda Ulug'bek Rahmatullaev o'z oldiga qo'ygan maqsadiga to'la erisha oldi. Afsuski, original tarzda o'tgan shou konsert dastur bir kungina namoyish etildi. Biroq, o'n kunlab majburiy chipta sottirib konsert bergandan ko'ra, bir kun bo'lsa ham mana shunday sifatli konsert bergan afzaldir… Albatta bundan biz ham juda hursandmiz. Uning kelgusi ishlariga bundanda yuksak zafarlar tilaymiz.

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev

Ulugbek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 135 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *