Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Sen, 2010

Ulug'bek Rahmatullaev sirlarini fosh qildi…

Ulugbek RahmatullaevSokin ohangdagi qo'shiqlarning mohir ijrochisi Ulug'bek Rahmatullaev 24-25 sentyabr kunlari «Istiqlol» san'at saroyida o'zining «Kapalak» nomli ilk yakkaxon shou-konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor. Ushbu konsert dasturi haqidagi bir nechta sirlarni fosh qildi…

Ulug'bek Rahmatullaev o'tgan so'nggi haftada «PanTerra» ovoz yozish studiyasida konsertda ijro qilinishi rejalashtirilgan bir nechta yangi taronalarini yozib tugatdi. Yozilgan qo'shiqlar ichida milliy ohangdagi taronalar ham bor. Qo'shiqlar uchun maxsus musiqalarni bastakor Bahtiyor Sobirov bastalagan. Eslatib o'tamiz, Bahtiyor Sobirov, «Kapalak», «Sensiz yashay olarman» va shu kabi taronalarning musiqa muallifidir. Shuningdek, Ulug'bek Rahmatullaev konsert dasturida yangraydigan musiqiy effektlarga ham juda katta e'tibor bilan qaramoqda. Hozirda bu ishlar Ulug'bekning bir necha yillik hamkori Jalol Rahimov (Dj. Climber)ga yuklatilgan. Jalol Rahimov hozirda bir nechta taronalarning remiks ko'rinishlari yaratdi. Darvoqe, Ulug'bek Rahmatullaev eshitishimizga qaraganda, milliy musiqa asboblarimizdan birini chalib chiqishni ham rejalashtirmoqda ekan. Hozirda buning uchun maxsus dars olayotganini ma'lum qilinmoqda. Qanchalik bu haqiqatga yaqinligini esa albatta konsert dasturiga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.

Ulugbek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 159 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *