Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Yan, 2009

Ulug’bek Rahmatullaev qayerda?!

Ulug'bek RahmatullaevSo’nggi paytlarda o’zining mahzun qo’shiqlari bilan sevishgan va sevilgan qalblarga orom baxsh etib kelayotgan Ulug’bek Rahmatullaev ayni damda qayerda? Eshitishimizga qaraganda OAV uchun ham inter’vyu berishdan bosh tortayotgan ekan. Shu masalada oydinlik kiritish maqsadida Ulug’bek bilan bog’lanishga harakat qildik…Afsuski, biz ham Ulug’bek Rahmatullaevni topa olmadik. Uning press-attashesining gapiga qaraganda, Ulug’bek Rahmatullaevni izlab, uning ijodxonasiga kelgan jurnalistlar bo’ladimi yoki muxlislar barchalari ijodxonaga kirgazilmayotgan ekan. Tez orada jurnalistlar uchun inter’vyu berishlarini Ulug’bekning press-attashesi ma’lum qildi. Shu o’rinda yaqindagina Ulug’bek Rahmatullaev Farg’ona vodiysida yashovchi muxlisasi Jumaguldan 500 metrlik xatni »qo’lga kiritdi». Ammo Ulug’bek Rahmatullaev ushbu nomani hali ohirigacha o’qib chiqishga ulgurolmabti. Ulug’bek uchun ushbu xat hozirda rekord darajaga ko’tarilibdi. Chunki bundan avvalgi xat 350 metrlik edi… Mana shunaqa…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *