Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Avg, 2011

Ulug'bek Rahmatullaev orzusiga yetdi!

Ulug'bek RahmatullaevUlug'bek Rahmatullaev anchadan buyon orzu qilib yurgan bir ishni amalga oshirdi. U qanday orzu ekan deysizmi? Ulug'bekning orzusi O'zbekiston bayrog'ini yuksaklarga ko'targan holda qo'shiq kuylash edi. Va nihoyat kuni kecha bu niyati amalga oshdi!

Ulug'bek Rahmatullaev Surxandaryo vohasining barcha viloyatlarida Mustaqilligimizning 20 yilligiga bag'ishlangan konsertlarda ishtirok etib qaytdi. U O'zbekistonning bayrog'ini ko'targan holda konsertda chiqishini amalga oshirdi. Bu Ulug'bek Rahmatullaevning orzusi bo'lgan edi. Mana o'sha orzu ham amalga oshdi. Hozirda xonandaning kayfiyati a'lo darajada. O'z o'rnida Ulug'bek barcha O'zbekiston ahlini yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 20 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi.

Shuingdek, yana bir yangilikni aytib o'tishimiz mumkin. Ulug'bek Rahmatullaev hozirda bir qator yangi qo'shiqlar yozmoqda. Ularning orasida «Oh, alam» nomli sho'x tarona ko'pchilikka manzur bo'lishi tahmin qilinmoqda! Kutamiz…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *