Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Noy, 2008

Ulug’bek Rahmatullaev: «Onangiz… yagona»!

Ulug'bek Rahmatullaev - Onangiz... yagona2007 yilda «Nihol» mukofoti, shuningdek shu yili «M&TVA 2007 awards» taqdimot marosimida «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi» niminatsiyalarida g’olib deb topilgan xonanda Ulug’bek Rahmatullaev yangi bir loyiha ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik. Loyiha onalar va ularning farzandlari uchun sovg’adir. Va nihoyat qisqa vaqtdan so’ng ushbu loyihani taqdim etishga tayyor! Hoziroq bu haqida tanishing!

«Onangiz… yagona» loyihasining ijodkorlari:

Loyiha muallifi: Ulug’bek Rahmatullaev.
Aktyor: Farhod Badalov.
Rejissor: Oybek Aliev.
Operator: Yodgor Nosirov.
Musiqiy bezak: DJ. CLIMBER (Jalol Rahimov).
Montaj: Abror Qahhorov va Ulug’bek Abdusamatov.

Tashkilotchilar: Durbek Shofayziyev, Tahmina Abdullaeva va Bobur Norboev.

Ulug’bek Rahmatullaev «Onangiz… yagona» loyihasida o’z yordamini ayamagan qolgan barcha insonlarga, shuningdek, ushbu loyihani yoritishda ko’makdosh bo’lgan yurtimizning barcha matbuot nashrlari, TV va FM to’lqinlari hamda barcha internet tarmoqlariga alohida minnatdorchilik bildiradi. Shunday savobli ishga ular ham qo’l urganliklarida Ulug’bekning boshi ko’kka yetdi!

P.S.: Eslatib o’tamiz, «Onangiz… yagona» loyihasi 5 dekabr kuni «Yoshlar» telekanalida namoyish qilinadigan «Bugun…» dasturi orqali prem’erasi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Ulug'bek Rahmatullaev - Onangiz... yagona


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *