Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Yan, 2009

Ulug’bek Rahmatullaev on-line aloqada!!!

Ulug'bek RahmatullaevYanvar oyining 29-sanasi. Ushbu kunda o’zbek estrada olamining yulduzlaridan biri, xalqimizning sevimli insoni, mahzun qo’shiqlar qiroli bo’lgan, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonlaridan ta’sis etilgan «Nihol» mukofoti sovrindori hamda 2007 yilda »M&TVA» taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi» nominatsiyalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan xonanda Ulug’bek Rahmatullaev tavallud topgan kun…

Bundan 27 yil muqaddam, ya’ni 1982 yilda 29 yanvar kuni Ibrohim aka va Malika ayalarning xonadonida quvonchli damlar edi. Chunki oilaning 3 farzandi Ulug’bek dunyoga kelgandi. O’sha davrda bir kun kelib Ulug’bek xalqning sevimli farzandi, iste’dodli xonanda bo’lishini hatto tasavvur qilishmagan edi ham. Aslida oilada 5 farzand bo’lib, Ulug’bekdan sanaydigan bo’lsak: Ulug’bekning 1 akasi va ukasi hamda 1 opasi va singlisi bor. Demak Ulug’bek oilaning o’rtanchasi hisoblanadi. Bu ham qaysidir ma’noda baxt hisoblanadi. Alloh chin ma’noda uni siylab aka, opa, uka va singildan bergan. Bilasiz, Ulug’bek Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining «Xalqaro munosabatlar» fakultetini tamomlagan. Institut rahbariyati va Ulug’bek bilan kursdosh bo’lganlar ham uning tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etishgan. Hozirda Ulug’bek Rahmatullaev o’zining ijodi bilan boshqa san’atkorlardan ajralib turadi. SB.uz portali va portalning hamkor tashkilotlar nomidan Ulug’bek Rahmatullaevga kelgusi ishlarida ulkan ulkan omadlar yor bo’lishini tilab qoladi. Vaqti kelib sevimli yor hamda qadrdon ota bo’lishini Allohdan so’rab qolamiz.

Ulug’bek Rahmatullaevga SMS tabrik yo’llash

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *