Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Sen, 2011

Ulug'bek Rahmatullaev «Oltin disk» bilan taqdirlandi…

Ulug'bek Rahmatullaev2011 yil mobaynida o'z ijodini a'lo darajada ko'rsata bilayotgan xonanda Ulug'bek Rahmatullaev kuni kecha bo'lib o'tgan «O'zbegim taronasi» radiosining 11 yilligiga bag'ishlangan «Yulduzli hit-parad» konsert dasturida «Oltin disk» bilan taqdirlandi.

Ushbu konsert dasturida 2010 yil sentyabr oyidan to 2011 yil sentyabr oyiga qadar «O'zbegim taronasi» radiosining «Hit-parad» loyihasida eng ko'p ishtirok etgan taronalar g'olib deb topilib, ularning ijrochilariga maxsus «Oltin disk» taqdim etildi. Ularning orasida Ulug'bek Rahmatullaev ijro etgan «Sensiz yashay olaman» taronasi ham o'rin olganligi e'tiborga molik. Ulug'bek Rahmatullaev o'z ijodiy faoliyati mobaynida hali «Tarona Records» kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan taqdimotlarda hech qanday sovrinni qo'lga kiritmagan edi. Bu u uchun birinchisi bo'ldi! Ammo, Ulug'bekning boshqa yutuqlari ham serobligini unutmaslik lozim. Bu yil Ulug'bek Rahmatullaev ijodi anchayin yuqoriga ko'tarilganligini inobatga oladigan bo'lsak, yaqinlashib kelayotgan «M&TVA-2011″ taqdimot marosimida ham biror bir yutuqqa erishishi ehtimoldan holi emas. Albatta buni vaqt ko'rsatadi. Biz esa Ulug'bekning ijodini kuzatishda davom etamiz.

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. ulugbek rahmatullaev №1 певец пусть он всегда получант такие гранты и всегда будет лучшим

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *