Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Dek, 2008

Ulug’bek Rahmatullaev nimadan siqilmoqda?

Ulug'bek RahmatullaevBu Ulug’bek Rahmatullaev! Bu fotosuratni ko’rgan odam, Ulug’bekning nimadandir siqilayotganini ko’rishi mumkin. Bu siqilayotganlik emas, bu aksincha mas’uliyatlilikni his qilish holati demakdir. Nima uchun? Nima uchunligini bilmoqchisiz? Unday bo’lsa, davomini diqqat bilan o’qing! 

Bu Ulug’bek Rahmatullaevning dizaynerlari, ya’ni Ulug’bekning eng so’nggi yaratilayotgan liboslarining ustalari. Ular hozirda tunni kunga ulab, mehnat qilishmoqda. Xonanda Ulug’bekka uncha-buncha kiyimlar yoqmasligini inobatga olgan holda, yangicha uslubda kiyim tikishmoqda. Har kun o’zgartirilib, nimadir yangilik qilinmoqda. Bu ish jarayonida Ulug’bek Rahmatullaev yangi yil tadbirlarida chiroyli kiyinib chiqishi uchun yaratilayotgan kiyimlar. Asqarning aytishi bo’yicha, Ulug’bekning juda intiluvchan, talabchanligi va o’z imiji ustida bosh qotirishi juda ham qiziq. G’ayratning fikricha, Ulug’bek juda ham yaxshi ijodkor. Hozirda faqat Ulug’bekning yangi imiji ustida bosh qotirmoqdamiz. Shuning uchun ham Ulug’bek bilan ishlash biz uchun juda qiziq bo’ldi,-deb ta’kidlab o’tishdi. Fikrimcha, albatta bular yaxshi dizaynerlarga o’xshaydi. Ular tinib bilmay ishlayotganligi hamda Ulug’bek bilan jon kuydirashoyotganligi juda yaxshi. Agarda sizga ma’qul kelsa, ular yaratgan kiyimlar sizga yoqsa, ularga murojaat ham qilishingiz mumkin. Men dizaynerlarga hazil tariqasida menga ham biror kiyim tikib berasizmi?-degan savolimga quyidagicha javob berishdi. «Albatta, lekin Ulug’bek Rahmatullaevdan vaqtimiz ortib qolsa, yordam berishga tayyormiz. Hozir faqat u haqida o’ylashimiz kerak, chunki yangi yilga ham oz qoldi».  Ulug’bekning yangi imiji va kiyimi qanday chiqishiga qiziqayabsizmi? U holda yangi yil kechasi TV kanallaridagi konsert dasturlarini tomosha qiling. Obbo Ulug’bek e yaqindagina «Mini yubka 2″ taronasi… So’ngra «Onangiz… yagona!» loyihasi… Yana Ulug’bek nimalar qilmoqda?

P.S.: Dizayner Asqar hamda G’ayratning aytishiga qaraganda, Ulug’bek Rahmatullaevning yozgi kiyim dizaynlari ham hozirdan tayyorlab qo’yilgan…

 Shuningdek, Ulug’bek Rahmatullaev yangi ijodxona ochganidan ham xabaringiz bor. Darvoqe, to’y-hashamlaringizga taklif qilishni maqsad qilganmisiz? Yoki Ulug’bekning ashaddiy muxlisimisiz? U holda o’z fikr va mulohazalaringizni 273-73-74 yoki (+99897) 704-66-06 telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilib bildirishingiz mumkin.

Ushbu ma’lumot atayin uyushtirilgani yo’q. Barchasi haqiqat.

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *