Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Ulug’bek Rahmatullaev konsertiga chiptalar qolmadi?!
26 Okt, 2015

Ulug’bek Rahmatullaev konsertiga chiptalar qolmadi?!

Ulug'bek Rahmatullaev

O’zbek estradasining bugungi kundagi eng omadli yulduzi so’zsiz Ulug’bek Rahmatullaev hisoblansa kerak. Uning har bir ijro etayotgan taronalari hit darajasiga yetmoqda. Qolaversa, deyarli har yili konsert dasturi boshlanishiga yarim oy vaqt qolganda chiptalar ham barchasi sotilib bo’ladi. Bu yil ham shunday bo’ldi.

Buni qarangki, Ulug’bek Rahmatullaevning bu yilgi konsert dasturiga ham chiptalar konsertga 15 kun qolganda yakuniga yetib ulgurdi. Bu albatta quvonarli hol. Ammo, chiptalar harid qilishga ulgurmagan ko’plab muxlislar bundan juda ham ranijishgan. Ulug’bek ham nima qilishini bilmay boshi qotmoqda. Konsert kunlarini yildan-yilga ko’paytirib borayotgan Ulug’bek Rahmatullaev bu yil muxlislar uchun osonlik tug’dirish maqsadida chiptalar bahosini anchagina arzon narxda chiqargan edi. Ba’zi muxlislar esa bu holat yuzasidan ham xonandaga e’tiroz bildirishayotgani g’ayritabiy hol! «Nega chiptalar narxini arzon qildingiz», — qabilidagi savollarga estradamiz yulduzi qanday javob berishini bilmay halak. Mayli, nima bo’lsa ham aziz muxlislar ko’nglingizni tushirmang. Ahir bu Ulug’bekning so’nggi konserti emasku, hali oldinda yanada ko’p konsert dasturlari kutib turibdi. Bu yil tushish nasib qilmagan bo’lsa, kelgusi yilda nasib qiladi. Chiptalar harid qilishga keyingi yil oldinroqdan harakat qilishingiz darkor. Albatta agar konsertga tushishni chin dildan istayotgan bo’lsangiz.
Ulug’bekka esa oldindagi hayajonli, ma’suliyatli konsert dasturida omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz. Fayzingizni bersin!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 9 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *