Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ulug’bek Rahmatullaev konsertidan ajoyib fotosuratlar!
6 Noy, 2013

Ulug’bek Rahmatullaev konsertidan ajoyib fotosuratlar!

Ulug'bek Rahmatullaev 2013 konsertO’zbek estradasining bugungi kundagi yorqin yulduzi Ulug’bek Rahmatullaev yaqindagina o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etganligidan xabaringiz bor. Mazkur konsert dasturi jarayonida tushirilgan ajoyib, sifatli fotosuratlar mana bugun taqdim etilmoqda.

28-29 hamda 31 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturi juda ham a’lo darajada bo’lib o’tdi. Ulug’bekning har kungi konsert dasturi anshlag tarzda, muxlislar bilan to’la holda o’tdi. Minglab tomoshabinlar oldida Ulug’bek o’z imtixonini yuqori baholarga topshira oldi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Ulug’bekni qo’llab-quvvatlash uchun san’at olamining bir qancha vakillari mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Biz konsertning faqatgina bir kunida bo’lganimiz bois, shu kuni kelgan Shahzoda Muhammedova, Halima hamda Munisa Rizaevalarni ko’rganimizni aytishimiz mumkin. Konsertda Ulug’bek Rahmatullaev Manzura bilan duet qo’shiq kuyladi. Ozodbek Nazarbekov bilan esa «Gul» taronasini birgalikda kuylashdi. Qiziqchi, aktyor va boshlovchi Botir Imomxo’jaev esa bir qator qiziqarli o’yinlar tashkillashtirib, kelgan tomoshabinlarni e’tiborini o’ziga qaratdi. Ulug’bek Rahmatullaev va’dasiga muvofiq ravishda konsertda asosan yangi taronalarni ijro etdi. Tomoshabinlar zerikishga vaqt topa olishmaganligini anglash qiyin emas edi. Tasanno, Ulug’bek!!! Kelgusi yil konsert dasturini endi 4-5 kun bemalol taqdim etaver!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 356 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *