Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ulug’bek Rahmatullaev konserti kunlari aniq bo’ldi!
14 Avg, 2014

Ulug’bek Rahmatullaev konserti kunlari aniq bo’ldi!

Ulug'bek Rahmatullaev 2014 konsert afishaO’zbek estradasining bugungi kundagi eng yorqin yulduzi Ulug’bek Rahmatullaev muxlislari orziqib kutayotgan kunlar yaqinlashmoqda. Oktyabr oyida Ulug’bek o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsertga chiptalar sanoqli, shunday ekan shoshiling!!!

2014-yilning 16-17-18 oktyabr kunlari soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida Ulug’bek Rahmatullaevning «Shirin orzu» deb nomlangan yangi yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tadi. Konsertda qo’shiqlar jonli ijro va fonogramma yordamida ijro etiladi. Sevimli yulduzingizning eng sara va eng yangi taronalarini bevosita konsert zalda o’tirib tinglash imkoniyati tug’ilar ekan, bu imkoniyatdan foydalanmaslik noto’g'ri bo’ladi. Shunday ekan, barcha-barchani konsert dasturiga sanoqli chiqarilgan chiptalarni tezroq qo’lga kiritish uchun harakat qilib qolishlarini tavsiya etamiz. Zero, o’tgan yildagi kabi chiptalar qolmasligi va keyin afsuslanib qolishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 396 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *