Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Sen, 2012

Ulug'bek Rahmatullaev konsertga taklif etadi!

Ulug'bek RahmatullaevUlug'bek Rahmatullaev haqida endi yanada ko'proq yozsak ajablanmang. Zero, u o'zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturiga taraddud ko'rmoqda. Ulug'bekning konserti oktyabr oyi oxirlarida bo'lib o'tadi va unda xonanda o'z ashaddiy muxlislarini ko'rish itagida. Demak, konsert dasturiga chipta harid qilishga shoshiling!

2012 yilning 26-27 oktyabr kunlari soat 19:00da «Istiqlol» san'at saroyida Ulug'bek Rahmatullaev o'zining «Layloyimsan» nomli navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsertga ayni kunlarda jiddiy tayyorgarliklar ko'rilmoqda. Demak, konsertning qisqacha anonsi bilan tanishtiramiz. Ulug'bek mazkur konsert dasturi uchun qaynoqqina 6ta yangi tarona hozirlamoqda. Bularni aynan konsert dasturida ilk bor tinglash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bundan tashqari ko'plab duet taronalar ham sizni kutmoqda. Kimlar bilan bu duetlar ijro etilishi haqida esa keyinroq to'xtalib o'tamiz. Mehmon san'atkorlar ham oz bo'lmasligi haqida ma'lumot bor. Ammo, aynan kimlar? Savol hozircha ochiq qolmoqda. Konsert dasturining o'zi esa yilning eng yaxshi konsert dasturi bo'lishiga da'vogarlik qilar ekan. Qiziq, bu qanday konsert bo'ladi? Bu hali hammasi emas, Ulug'bekning aytishicha konsert dasturida kutilmagan sovg'alar ham bo'lar ekan. Hozircha mana shunday intrigalar haqida biz bilib oldik. Yanada batafsil ma'lumot haqida keyinroq to'xtalib o'tamiz.

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 90 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. Ulugbek Rahmatullaev очень талантливый и замечательный певец.Все его песни и клипы супер.он в этом году должен стать певцом года на M&TVA и клип chaqaloqlar должен стать клипом года.Некоторые люди говорят что он вор ..это не так .он же поёт песню а не спрятает где нибудь ..и я считаю что он лучший певец..УЛУГБЕК РАХМАТУЛЛАЕВ вам успехов и удаче в жизни и в карьере…ваша фанатка из Таджикистана УМЕДА

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *