Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 May, 2012

Ulug'bek Rahmatullaev internet yulduziga aylandi?!

Ulug'bek RahmatullaevUlug'bek Rahmatullaev o'zi bilmagan holda internet yulduziga aylandi. Yaqinda qo'shni davlatlardan biri, Ozarbayjondan kelgan Zaur ismli bir yigit Ulug'bek Rahmatullaevni bir yangilik bilan ham hayratga soldi, ham hursand qildi. Uni endi xorijda YARIM MILLION muxlisi bormi?!

O'zbek shou-biznesi vakillari orasida Ulug'bek Rahmatullaevning «Dusha bolna» klipi juda ham ko'p ko'rilganligi barchani hayratga solmoqda. Mazkur klipni joylashtirgan muxlislarning o'zlari ham hayratda! Youtube portalidan kaflan85 logini bilan ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchi joylashtirgan «Dusha bolna» klipini 300000dan ziyod tomosha qilishgan. Yana bir Dlix92 logini bilan ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchi ham shu klipni joylashtirgan. U yerda tomosha qilganlar soni 157000dan oshgan. Agarda hisoblab chiqilsa bu degani kuniga 10000 marotabadan ziyodroq tomosha qilinayotganligini kuzatish mumkin. Bu qo'shiq rusiyzabon muxlislarga juda ham manzur bo'layotganligi va mahalliy hit-paradlarda ham ishtirok etayotganligi Ulug'bekning quvonchiga yana quvonch qo'shdi. Bu xabarlardan hursandchiligi ichiga sig'magan Ulug'bek «Jonim» taronasini ham ruscha talqinini ijro etishga qaror qildi. Bu ketishda Ulug'bek Rahmatullaevdan xorij davlatlariga takliflar juda ham ko'payadigan ko'rinadi. Biz esa o'z o'rnida unga omad tilaymiz!!!

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. да..и е только в Европе но и в Таджикистане есть у него моного фанатов..Улугбек Рахматуллаев всегда вам удаче и успехов в жизни и в карьере ваша фанатка Умеда из Таджикистана..!!

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *