Ulug'bek Rahmatullaev ijodida burilish!
8-mart «Xalqaro xotin-qizlar» kuni munosabati bilan mahzun qo'shiqlarning mohir ijrochisi Ulug'bek Rahmatullaev butunlay yangicha uslubdagi yangi tarona! «Bir parcha»…
Ulug'bek Rahmatullaevning yangi taronasi aynan «Bir parcha» deb nomlanadi. Yangi tarona so'zini iste'dodli shoira Shahnoz, musiqiy sayqalni esa Ahmadjon bajargan. Qo'shiq «PanTerra» studiyasi mahsuloti. «Bir parcha» taronasining taqdimoti 5 mart kuni «Zamin FM» radiosi orqali bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang. Darvoqe, yangi tarona Ulug'bek Rahmatullaevning avvalgi taronalaridan juda sho'x va raqsbopligi bilan farq qiladi.