Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Iyun, 2011

Ulug'bek Rahmatullaev haqiqiy ijodga sho'ng'idi!

Ulug'bek RahmatullaevUlug'bek Rahmatullaevning shu kunlardagi hursandchiligi ichiga sig'mayapti, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, uning «Ko'zlaringga qarab» taronasi deyarli barcha hit-paradlarning birinchi pog'onasini egallashga ulgurdi.

TV, radio va internet resurslari orqali o'tkazilgan ko'plab hit-parad va so'rovnomalar natijasiga ko'ra Ulug'bekning ijro etgan «Ko'zlaringga qarab» nomli qo'shig'i birinchilikni egallashga ulgurdi. Bundan shodlangan xonanda ijodga yanada jiddiy kirishgan holda yangi qo'shiqlar yozishga bor kuchini sarflamoqda. Ushbu qo'shiqni yozishda yaqindan yordam bergan Ahmad Xojimatov bilan birgalikda butun bir musiqiy albom ustida ish boshlangan va undan 10dan ortiq yangi qo'shiqlar o'rin egallashi ko'zda tutilgan. Rahmatullaevning mazkur albomdan o'rin olajak qo'shiqlari hali ko'plab hit-paradlarning yuqori cho'qqilarini egallasa ajab emas.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *