Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Fev, 2009

Ulug’bek Rahmatullaev gastroldan qaytdi!

Ulug'bek RahmatullaevO’ziga xos qo’shiqlari bilan muxlislar qalbidan chuqur joy eggalayotgan Ulug’bek Rahmatullaev bugun o’zining yana bir yangi asarini prem’erasini FM to’lqini orqali o’tkazdi. Xabaringiz bor, u yangi qo’shig’ini «Kapalak» deb nomlagan edi. Darvoqe, u yaqinda gastrol safaridan qaytdi…

Ulug’bek Rahmatullaevning yangi qo’shig’ini muxlislar iliq kutib olishdi. Buni efir mobaynida yo’llangan SMS xabarlar va telefon qo’ng’iroqlari orqali bilish qiyin emas edi. Darvoqe, 20 fevralga qadar Ulug’bek Rahmatullaev Qirg’iziston Respublikasida bir necha kunlik gastrol safarida bo’lib qaytdi. Konsert dasturi anshlag tarzda o’tdi. Hattoki 700 kishiga mo’ljallangan san’at saroylariga 2000 dan ziyod tomoshabinlar tashrif buyurishdi. Ularga ham «Kapalak» taronasi manzur bo’ldi. Endilikda esa 9-10-11 mart kunlari Ulug’bek Rahmatullaev «Sen ketding» nomli yakkaxon konsert dasturi bilan vodiylik muxlislarini hushnud qiladi.

P.S.: «SB.uz 3 yoshda» gala-konsertida Ulug’bek Rahmatullaev aynan «Kapalak» taronasi bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *