Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Mart, 2012

Ulug'bek Rahmatullaev endi aktyormi?

Ulug'bek RahmatullaevUlug'bek Rahmatullaev kuni kecha otalik maqomini qabul qilib olganidan xabaringiz bor albatta. Bugun esa u haqida yana bir ajoyib yangilikni e'lon qilamiz. Ulug'bek Rahmatullaev endilikda aktyorlik qilmoqda. Qiziq-a? Ulug'bek Qodirov esa qo'shiq kuylashni boshlagan edi…

Ulug'bek Rahmatullaev yangi filmda bosh qahramon obrazini talqin etmoqda. Film «Aql va yurak» deb nom olgan. Qiziq, bu filmni ssenariysi bilan tanishayotgan vaqtda Ulug'bek Rahmatullaev aqli bilan ish tutganmikin yoki yurakka ishonganmikin? Nima bo'lgan taqdirda ham sevimli xonandamizni endilik aktyorlik mahoratiga baho berishimizga to'g'ri keladi. «Voy dod sumalak» nomli musiqiy-komediyada bosh qahramon obrazini talqin etgan paytlarni bir yodga oladigan bo'lsak, Ulug'bekning o'sha filmdagi aktyorlik mahoratiga yuqori baho berish mumkin edi. Oradan bir necha yil o'tgach Rahmatullaevning aktyorlik mahorati yanada o'sganmikin yoki aksinchami? Buni filmni tomosha qilgach bilib olamiz. Agarda, Ulug'bekning so'nggi kliplaridagi aktyorlik mahoratiga qarab baho beradigan bo'lsak, u o'ziga topshirilgan obrazni maromiga yetkazib ijro etgan bo'lishi kerak. Ha mayli, bunday tahminlarni chetga suraylik, yaxshisi ertaga bo'ladigan prem'era haqida so'z yuritamiz. Darvoqe, mazkur filmda Zarina Nizomiddinova ham bosh rollardan birini talqin etgan.
Ertaga, 2012 yil 2 mart kuni soat 18:20da «O'zbegim taronasi» radiosida Dilmurod G'ulomov Ulug'bek Rahmatullaevning yangi qo'shig'ini prem'erasini o'tkazadi. «Shirin orzu» nomli yangi qo'shiq aynan yuqorida nomi zikr etilgan «Aql va yurak» filmi uchun saundtrek tarzida kuylangan. Biz Ulug'bek Rahmatullaev muxlislarini hursand qilish uchun, yangi qo'shiqni bugunoq quyidagi yo'llanma orqali ko'chirib olib, tinglash imkoniyatini beramiz.

 

Ulug'bek Rahmatullaevning «Shirin orzu» nomli qo'shig'ini ko'chirib olish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *