Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 May, 2009

Ulug’bek Rahmatullaev dastxatini muxlislarga topshirdi…

Bekajon-Ulugbek RahmatullaevBundan avval e’lon qilganimizdek, Ulug’bek Rahmatullaev muxlislari bilan uchrashishga o’z roziligini bildirib o’tdi. Ulug’bekning fanatlari diqqatiga! Sevimli xonandangizning ashaddiy muxlislari ekanligingizni isbotlash vaqti keldi… «Yulduz bilan yuzma-yuz» tanlovida ishtirok eting. Vaqt ketdi. Shartlar siz o’ylagandan ham osonroq…

Aynan bizning portal hamda «Bekajon» gazetasi bilan hamkorlikdagi yangi loyiha sizni befarq qoldirmaydi. Siz anchadan beri hit darajasiga ko’tarilgan «Kapalak» ijrochisi bilan uchrashishni orzu qilasizmi? Unda «Bekajon» gazetasining oxirgi sahifasida chop etilayotgan savollarga javob berib, gazetaning 48-sahifasidagi «Zukko muxlis» kuponini ilova qilib tahririyat manziliga yo’llang. Maktublar xonandaning o’ziga yetkaziladi. G’olibni Ulug’bek Rahmatullaevning shaxsan o’zi tanlaydi. 2-bosqich shartlari gazeta sahifasida batafsil yoritilgan. Aytgancha, «Bekajon»ning oxirgi sahifasida sevimli xonandangizning dastxatidan bahramand bo’lishingiz mumkin.

Bekajon-Ulugbek Rahmatullaev

Oldinda yana 2 bosqich bor. Kuzatishni davom eting. Zero aynan siz tanlovimizning g’olibi bo’lishingiz mumkin…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *