Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 May, 2010

Ulug'bek Rahmatullaev: «Bormi ayt yoki lay-lay-lay»!

Ulugbek Rahmatullaev2010 yilni katta umidlar bilan qarshi olgan Ulug'bek Rahmatullaev o'zining oldiga qo'ygan maqsadlariga birin-ketin erishib kelmoqda. Ulug'bek Rahmatullaevning bu yildagi eng oliy maqsadi uylanish edi…

Ba'zi san'atga taaluqli saytlardan birida «Ulug'bek Rahmatullaev may oyining so'nggi haftasida uylanadi»,-deb e'lon qilgan hamkasblarimiz, san'atkorning shaxsiy hayotiga aralashishlari shart emas deb o'ylaymiz… Shu o'rinda san'atkorning muxlislari ham san'atkorga emas, balki san'atkorning ijodiga muxlis bo'lishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Ulug'bek Rahmatullaevning ijodiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, shu kunlarda Shahnoz she'ri, Ahmad musiqiy sayqali bilan «Bormi ayt yoki lay-lay-lay» nomli qo'shiq ustidagi ishlarni o'z nihoyasiga yetkazdi. Tez orada FM to'lqinlari oqali bu qo'shiqni ham tinglashingiz mumkin. Shuningdek, Ulug'bek Rahmatullaev yangi mayus ohangdagi tarona ustida ish olib bormoqda. Ammo bu haqida ma'lumot berishni istamadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *