Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Dek, 2007

Ulug’bek Rahmatullaev 2007 yil qanday ijod qildi?

Ulug'bek RahmatullaevYil yakuniga yetmoqda. Ayni sarhisob qilish fursati kelmoqda. Shunday ekan keling mana shu o’tgan yilni sarhisob qilsakda, unda eng sermahsul ijod qilgan xonandalardan birin Ulug’bek Rahmatullaevning ijodiga nazar tashlasak.

Ulug’bek Rahmatullaev estrada olamiga kirib kelganiga bir necha yil bo’lgan bo’lsada, aynan mana shu o’tayotgan yilda uning ijodi ko’zga anchayin ko’proq tashlandi. Ya’ni, 2007 yil u o’zini nimalarga qodir ekanligini ko’rsatishga urindi va qaysidir ma’noda buni uddasidan chiqdi. Mazkur yil Ulug’bek bir qator hit qo’shiqlar kuyladi, unga o’zgacha ruhda kliplar suratga tushirdi. Qolaversa, «Nihol» mukofotiga ham aynan mana shu yili sazovor bo’ldi. «Ko’zga uyqu» qo’shig’i ko’plab muxlislar qalbiga «mix»langan bo’lsa, «Mini yubka» uni yanada mustahkamladi. «Mini yubka» taronasi tanqidiy qo’shiq bo’lishiga qaramay juda yaxshi qabul qilindi. Uning tarbiyaviy ahamiyatini ham alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Yuqorida biz Ulug’bek Rahmatullaevning bu yilgi ijodiy yo’liga ozgina nazar tashladik. Ammo, bir savol bizni qiziqtiradi. U bu yil qanday ijod qildi? Sizning fikringiz qanday? U ertaga bo’lib o’tadigan «M&TVA-2007″ marosimida «Yilning eng yaxshi qo’shiqchisi» nominatsiyasida g’olib bo’la oladimi?


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *