Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ulug’bek Rahmatullaev 2 kun konsert beradi!
21 Sen, 2013

Ulug’bek Rahmatullaev 2 kun konsert beradi!

Ulug'bek Rahmatullaev 2013 konsertBugun Ulug’bek Rahmatullaevning muxlislari uchun ajoyib xushxabarni e’lon qilamiz. Sevimli xonandangiz 27-28 oktyabr kunlari Istiqlol san’at saroyida o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Ushbu konsert dasturi «Sog’inib» deb nomlandi.

«Pan Terra» studiyasi tomonidan uyushtirilayotgan ushbu yakkaxon konsert dasturida Ulug’bek Rahmatullaev o’zining eng sara taronalari bilan bir qatorda yangi qo’shiqlarini ham ijro etadi. Konsertda albatta siz aziz muxlislar uchun bir qator sovg’alar ham tayyorlab qo’yilgan. Bular haqida esa keyinroq albatta to’xtalib o’tamiz. Konsert dasturiga tashrif buyurish niyatida bo’lganlar tezroq chipta harid qilishga shoshilishlariga to’g'ri keladi. Zero, chiptalar soni chegaralangan. Shunday ekan chiptalarni qo’lga kiritishga shoshiling!!! Bu yilgi konsert dasturi Ulug’bek Rahmatullaev muxlislari uchun unutilmas lahzalarni va’da qilmoqda!!!

Ulug'bek Rahmatullaev 2013 konsert


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 080 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *