Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Iyun, 2011

Ulug'bek o'zini to'xtata olmayapti…

Ulugbek Rahmatullaev - BemorSo'nggi paytlarda ketma-ket hit taronalar bilan muxlislarni «shokka» tushirib qo'yayotgan Ulug'bek Rahmatullaev yana va yana ijod qilishda davom etmoqda. U o'zini ijod qilishda sira to'xtata olmayotgan ko'rinadi.

«Kelmadi bevafo», «Ko'rmadim», «Ko'zlaringga qarab» kabi qo'shiqlar bilan o'zini ko'p sonli muxlislarini xushnud etib kelayotgan Ulug'bek yaqindagina «O'zbegim taronasi» radiosi orqali «Bemor» nomli qo'shig'ini ham taqdim etdi. Eng qizig'i deyarli har bir taronasi uchun u klip suratga oldirmoqda. Shu jumladan kuni kecha «Bemor» qo'shig'iga ham Narimon Sultonxo'jaev tomonidan klip suratga olish ishlari bo'lib o'tdi. Hozirda klip montaj jarayonida. Klip voqeaviy ko'rinishda suratga olingan bo'lib, unda asosan haqiqiy aktyorlar suratga tushgan. Yaqin kunlarda mazkur klipni ham SB.uz portali orqali kutib olishingiz mumkin bo'ladi.

Undan tashqari yana bir ajoyib xushxabarni yetkazib o'tmoqchimiz. Va nihoyat ko'p sonli muxlislar talabiga ko'ra Ulug'bek Rahmatullaev ham o'z rasmiy saytini tashkil etishga bel bog'ladi. Yaqin kunlarda ushbu saytga ham baho berish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Quyida esa «Bemor» klipidan bir nechta fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Ulugbek Rahmatullaev - Bemor

Ulugbek Rahmatullaev - Bemor

Ulugbek Rahmatullaev - Bemor

Ulugbek Rahmatullaev - Bemor

Ulugbek Rahmatullaev - Bemor

Ulugbek Rahmatullaev - Bemor

Ulugbek Rahmatullaev - Bemor


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *