Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Yan, 2012

Ulug'bek Malayziyadan qaytdi! (+ Fotosuratlar)

Ulug'bek Rahmatullaev MalayziyadaSB.uz portali so'rovnomasiga ko'ra 2011 yil yakuniga ko'ra «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» deb topilgan Ulug'bek Rahmatullaev Malayziya safaridan qaytdi. Avval xabar berganimizdek, Ulug'bek Malayziyaga bir o'zi emas, klipmeyker Narimon Sultonxo'jaev bilan birga yo'l olgan edi.

Ulug'bek Malayziyaga borib dam olishning o'rniga o'sha yerda ham ijod qilishga vaqt topa oldi. Va o'zining yangi qo'shiqlaridan biriga klip ham tasvirga tushirishdi. Klip suratga olingan qo'shiq «Layli va Majnun bexabar» deb nomlanadi. Bu qo'shiqni Ulug'bek muxlislari talablariga binoan ijro etgan. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, www.rahmatullaev.com saytida o'tkazilgan so'rovnoma natijalarida Ulug'bekdan ko'proq mahzun qo'shiq kutishayotganligi ma'lum bo'lgan edi. Mana muxlislar talabi xonanda uchun qonun bo'layotganini guvohi bo'lishimiz mumkin. Bugun yangi qo'shiq va klip haqida ko'p ham to'xtalib o'tirmaymiz. Zero, bu alohida mavzu hisoblanadi. Hozircha esa Ulug'bekning Malayziya safarida tushgan bir qator fotosuratlari sizning e'tiboringizga tortiq etiladi.

 

Ulug'bek Rahmatullaev Malayziyada

Ulug'bek Rahmatullaev Malayziyada

Ulug'bek Rahmatullaev Malayziyada

Ulug'bek Rahmatullaev Malayziyada

Ulug'bek Rahmatullaev Malayziyada


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *