Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Ulug’bek kutilmaganda 3ta diskini taqdim etdi!
12 Mart, 2017

Ulug’bek kutilmaganda 3ta diskini taqdim etdi!

Ulug'bek Rahmatullaev yangi albomXonandalar bahor faslida ijodga sho’ng’igan bo’lishadi. Ketma-ket yangi taronalar, kliplar va albom taqdimotlarini o’tkazishadi. Mana Ulug’bek Rahmatullaev ham tinim bilmay ijod qilmoqda. Buning natijasi esa «Discovery» musiqiy disklar do’konida namoyon bo’lib turibdi.

O’zining yangi albomini taqdim etishga ahd qilgan Ulug’bek Rahmatullaev boshqa san’atkorlardan farqli ravishda OAV hodimlari uchun albom taqdimoti o’tkazmagan holda, shunchaki yangi albomlarini chiqardi va keng ommaga taqdim etdi. Yana bir emas, naqd 3ta diskini taqdim etdi. Ularning biri o’zbek tilidagi qo’shiqlardan iborat «Qirmizi olma» deb nomlangan albom bo’lsa, ikkinchisi rusiyzabon muxlislar uchun mo’ljallangan faqat rus tilida kuylangan qo’shiqlar tarkib topgan «Yabloka lyubi» albomidir. 3-disk esa Ulug’bek Rahmatullaevning 2016-yilda taqdim etilgan konsert dasturini uzoq kutilgan DVD diskidir. Ushbu disklarni qo’lga kiritish niyatida bo’lsangiz, «Discovery» musiqiy do’koniga tashrif buyurishingizni tavsiya etamiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *