Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ulug’bek konsertida 10ta yangi qo’shiq kuylaydi!
29 Sen, 2013

Ulug’bek konsertida 10ta yangi qo’shiq kuylaydi!

Ulug'bek Rahmatullaev 2013 konsertO’zbek estradasining mashhur yulduzi, sevimli xonandamiz Ulug’bek Rahmatullaev o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun taraddud ko’rayotganligidan xabaringiz bor. 27-28 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etiladigan yakkaxon konsert dasturida 10ta yangi qo’shiq ilk bor ijro etiladi.

Konsert dasturi uchun yangidan yangi qo’shiqlar yozilmoqda. Bugun Ulug’bek SB.uz portali uchun mazkur konsertga oid bir yangilikni oshkor etdi. Konsert dasturida Ulug’bek Rahmatullaev 10ta yangi qo’shiq kuylar ekan. Yangi qo’shiqlar prem’erasini tinglagingiz kelayotgan bo’lsa, konsertga albatta tashrif buyuring! Shuningdek, kelgusi haftada Ulug’bek Rahmatullaev o’zining yana bir yangi taronasini barcha radio to’lqinlar uzra prem’era qiladi. «Do’st» deb nomlangan ushbu tarona so’zi va musiqasi Alisher Tayr ijodidan. Aranjirovka muallifi esa Jasur Badalboev hisoblanadi. Va’da qilingan «Do’st» taronasi keyingi haftada tinglashingiz mumkin!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 630 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *